“Qamchiq” dovoniga qalin tuman tushdi
Jamiyat
−
09:21 774 1 daqiqa
Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan "Qamchiq" dovonida ko‘rish masofasi 10 metrgacha qisqardi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar berdi.
Unga ko‘ra, bugun, 4 mart soat 09:00 holatiga ko‘ra, “Qamchiq” dovonida vaziyat yaxshi, havo bulutli, dovonning ayrim hududlariga quyuq tuman tushgan. Ko‘rish masofasi 10-15 metrgacha qisqargan.
FVV ushbu hududda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘ragan.
Live
Barchasi