O‘zbekistonga uchgan 23 ta samolyot boshqa aeroportlarga yo‘naltirildi, bitta reys ortga qaytarildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 9 yanvar kuni kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti, ya’ni tuman sababli o‘nlab reyslar muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Nukus-Toshkent yo‘nalishidagi HY18 va Urganch-Toshkent yo‘nalishidagi HY58 reyslari Samarqanddagi muqobil aeroportga yo‘naltirilgan;

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Krasnodar-Namangan yo‘nalishidagi HY9834 reysi ekipaji ham Samarqanddagi muqobil aeroportga yo‘l olishga qaror qildi;

Qanot Sharq aviakompaniyasining Seul-Toshkent yo‘nalishidagi QNT822 reysi Navoiydagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi;

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Olmaota-Toshkent yo‘nalishidagi HY766 reysi Navoiydagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi;

Centrum Air aviakompaniyasining Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi C6306 reysi Samarqanddagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi;

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Frankfurt-Toshkent yo‘nalishidagi HY232 reysi Urganchdagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi;

Ural Airlines aviakompaniyasining Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi U62461 reysi Dushanbedagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi;

Centrum Air aviakompaniyasining Urganch-Toshkent yo‘nalishidagi C6092 reysi jo‘nash aeroportiga qaytdi;

FlyOne aviakompaniyasining Jidda-Toshkent yo‘nalishidagi 7Q3302 reysi Samarqanddagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi;

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Baku-Toshkent yo‘nalishidagi HY756 reysi Navoiydagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi;

AZAL aviakompaniyasining Boku-Toshkent yo‘nalishidagi AHY531 reysi Ostonadagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi;

Ural Airlines aviakompaniyasining Irkutsk-Toshkent yo‘nalishidagi U62719 reysi Navoiydagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi;

Centrum Air aviakompaniyasining Medina-Toshkent yo‘nalishidagi C63032 reysi Samarqanddagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi;

Air Arabia aviakompaniyasining Sharja-Toshkent yo‘nalishidagi G9270 reysi Olmaotadagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi;

Pobeda aviakompaniyasining Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi PBD741 reysi Navoiydagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi;

Aeroflot aviakompaniyasining Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi AFL1870 reysi Navoiydagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi;

FlyOne aviakompaniyasining Jidda-Toshkent yo‘nalishidagi 9C4308 reysi Dushanbedagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi;

FlyDubai aviakompaniyasining Dubay-Toshkent yo‘nalishidagi FZ1941 reysi Olmaotadagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi;

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Qozon-Toshkent yo‘nalishidagi HY650 va Moskva-Farg‘ona yo‘nalishidagi HY9628 reysi Qarshidagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi;

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Novgorod-Toshkent yo‘nalishidagi HY9672 reysi Urganchdagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi;

Ural Airlines aviakompaniyasining Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi UT805 reysi Dushanbedagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi;

Turkish Airline aviakompaniyasining Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi THY370 reysi Olmaotadagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi;

Centrum Air aviakompaniyasining Jidda- Termiz yo‘nalishidagi C63328 reysi Qarshidagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi;

FlyOne aviakompaniyasining Jidda-Toshkent yo‘nalishidagi 7Q6062 reysi Andijondagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi.

Ma’lumot uchun, “O‘zgidromet” kecha, 8 yanvar soat 22:00 holatiga ko‘ra, Toshkent, Jizzax, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlari, Toshkent shahri hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida tuman kuzatilayotganini ma’lum qilgandi. 

Mazkur holat bugun, 9 yanvar kuni ertalabki soatlarga qadar, Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim hududlarida esa kun davomida saqlanib qolishi ham qo‘shimcha qilingan. 

Qayd etish joizki, Buxoro, Qarshi, Termiz, Toshkent, Namangan va Andijon shaharlarida ko‘rinish masofasi 50–100 metrni tashkil etgan. 

 


Maqola muallifi

Teglar

samolyot tuman Uzbekistan Airways

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing