Tuman hokimi o‘rinbosari va IIB xodimi noqonuniy ov uyushtirgani aniqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 16 oktyabr kuni Xorazm viloyatining Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh Tuproqqal’a tumanining chegara oldi hududida tungi soat 02:00 larda 8 nafar fuqaro noqonuniy ov qilgani aniqlandi. Bu haqda Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar berdi.

9009-sonli Harbiy qism chegarachilari bilan o‘tkazilgan Ekologik nazorat tadbiri davomida 8 nafar fuqaro chegara oldi hududlarida bo‘lish rejimini hamda ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzib, bir dona yovvoyi to‘ng‘izni otib o‘ldirganliklari va ov qilish maqsadida yurganliklari aniqlangan.

Huquqbuzarlardan 6 ta ov quroli, 105 ta o‘q-dori va 4 ta qarmoqlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. 

Mazkur huquqbuzarlik holati yuzasidan to‘plangan hujjatlar sud idoralariga taqdim etiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ovchilarning biri Tuproqqal’a tumani hokimining o‘rinbosari, boshqasi tuman IIB mas’ul xodimi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

ov Tuproqqal'a

Baholaganlar

387

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing