Tuman havoni bakteriyalar yordamida tozalashi aniqlandi
Bu qiziq
−
20 iyun 2525 1 daqiqa
Arizona shtati universiteti tadqiqotchilari tuman shunchaki suv tomchilarining to‘plami emas, balki bakteriyalar yashashi, ko‘payishi va ifloslantiruvchi moddalarni qayta ishlashi mumkin bo‘lgan faol mikromuhit ekanligini aniqladi. Bu haqdagi tadqiqot “mBio” jurnalida e’lon qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bakteriyalar tuman tomchilariga shunchaki tushib qolmaydi, balki u yerda biologik jihatdan faolligini saqlab qoladi: ular hajman kattaradi, bo‘linadi va hayotiy faoliyati uchun mavjud moddalardan foydalanadi.
Tadqiqotchilar tumandagi mikroorganizmlar konsentratsiyasi dengiz suvidagi bilan teng ekanligini aniqlagan. Tuman namligining bitta kichik hajmida 10 milliongacha bakteriya bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, mikroorganizmlar atmosferani ifloslantiruvchi modda hisoblangan formaldegiddan ozuqa manbai sifatida foydalanishga qodirligi ma’lum bo‘ldi. Bunda bakteriyalar uni o‘z o‘sishi uchun ishlatishdan ko‘ra tezroq parchalab, karbonat angidrid gaziga aylantiradi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, tuman zararli moddalar konsentratsiyasini kamaytirib, atmosferaning tabiiy filtri vazifasini bajarishi, shuningdek, ekotizimlarda ilgari o‘ylanganidan ko‘ra muhimroq rol o‘ynashi mumkin.
Tadqiqotchilarning qayd etishicha, suv olish uchun tuman yig‘ish texnologiyasi allaqachon ayrim hududlarda qo‘llanilmoqda, biroq endilikda tarkibida mikroorganizmlar mavjudligi sababli bunday suvni qo‘shimcha tozalash zarurligi masalasi yuzaga kelmoqda. Bunda inson uchun xavf darajasi past deb baholanmoqda va u asosan immuniteti zaiflashgan insonlarga tegishlidir.
Live
Barchasi