“Tuluza” vingeri irqchilikda ayblanmoqda

Sport

image

Fransiyaning “Tuluza” klubi vingeri Aron Dyonnum irqchilik harakatida ayblanib, rasmiy ravishda dastlabki tergov ostiga olindi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Tergov joriy yilning 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Ligue 1 uchrashuvida sodir bo‘lgan voqea bilan bog‘liq. Mazkur bahsda Dyonnum “Gavr” klubining kamerunlik yarim himoyachisi Simon Ebonogga qilgan imo-ishorasi bois irqchilikda ayblanmoqda. Futbolchi esa bu harakatini irqchilik bilan bog‘lashni qat’iyan inkor qilgan.

 “Adliya tizimi barcha irqchilik xatti-harakatlarini qat’iy ta’qib qiladi. Adliya vaziri yaqinda umumiy respublika qadriyatlariga putur yetkazuvchi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish zarurligini yana bir bor ta’kidladi”, deydi Tuluza prokurori David Charmats.

“Gavr” bosh murabbiyi Dide Digar esa o‘yindan so‘ng Dyonnumning harakatlarini keskin tanqid qildi:

“Boshqa qanday talqin bo‘lishi mumkin? Kimdir bu irqchilik emas desa, unda bu nima?”, deydi murabbiy.

O‘yindan keyin Dyonnum o‘zining harakati “irqchilikka hech qanday aloqasi yo‘qligini” bildirdi. “Tuluza” klubi ham bayonot e’lon qilib, futbolchi manziliga qaratilgan “asossiz ayblovlarni qat’iy rad etishini” ta’kidladi. Mazkur voqea yuzasidan LFP Intizom komissiyasi tez kunlarda yakuniy qaror chiqarishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Barselona Apellyatsiya sudi “Barselona” klubi prezidenti Joan Laportaga  nisbatan 100 ming yevrolik firibgarlik ishi bo‘yicha tergov boshlashni buyurgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya irqchilik “Tuluza”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing