To‘laysana, to‘laysan: Toshkent shahar hokimligidan 3,2 mlrd so‘m kompensatsiya undirildi

Jamiyat

image

Xususiy mulkka tajovuz qilishga, xususiy mulk huquqini cheklashga yo‘l qo‘yilmasligi qonun bilan belgilab qo‘yilgan. Ammo ayrim mahalliy davlat hokimliklar tomonidan ushbu qonun normalarini buzish holatlari hayotimizda ro‘y berib turibdi.

Biznes Ombudsman Matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent shahar hokimining 2018 yil 12 maydagi 2386-sonli qarori bilan “O’ZAVTOTEXXIZMAT” MCHJga tegishli Toshkent shahar Yashnobod tumani, Olmaliq xalqasi, 1-uyda joylashgan ob’ektning bir qismi 486 m2 qurilish osti maydonida joylashgan umumiy maydoni 1 458 m2 bo‘lgan bino kompensatsiya to‘lovlari to‘lanmasdan buzilgan. Bu bilan tadbirkorning konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlarga daxl qilingan.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi PF–5780 sonli Farmoni bilan Biznes Ombudsmanga xususiy mulkdorlarga ularning huquqlarini buzgan holda zarar yetkazilishiga, shu jumladan mulk huquqini noqonuniy cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka tajovuz qilishga yo‘l qo‘yilmasligi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish hamda mansabdor shaxslar tomonidan suiiste’mol va qonunbuzarlik holatlarining oldini olish va bunga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur choralarni ko‘rish vazifalari yuklatilgan.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holat bo‘yicha Toshkent shahar hokimligidan “O’ZAVTOTEXXIZMAT” MCHJga 3 210 000 000 so‘m kompensatsiya to‘lovini undirish va davlat va jamoat foydasiga olingan 486 m2 ga teng yer maydonini ajratish majburiyati yuklash bo‘yicha Toshkent tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritildi.

Kiritilgan da’voga asosan Toshkent shahar hokimligidan “O’ZAVTOTEXXIZMAT” MCHJ foydasiga 3 210 000 000 so‘m kompensatsiya undirish va 486 m2 ga teng yer maydonini ajratish majburiyati yuklandi va hozirda summa to‘liqligicha tadbirkorga undirilishi ta’minlandi.

Tadbirkorlarning huquqlarini tezkor himoya qilish maqsadida Biznes-Ombudsmanda ishonch telefoni (tel.0371-239-25-92) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Agarda tadbikorlarning huquqlari yoki konuniy manfaatlari davlat organlari tomonidan buzilsa, ushbu telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki Vakilning elektron pochtasiga ([email protected]) xat yozib murojaat qoldirishlari mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar hokimligi

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing