To‘xtash yoki to‘xtab turish qoidasini buzganlik uchun jarimalar kamaytirilishi mumkin

Jamiyat

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish holati uchun belgilangan jarima miqdorlarini qamaytirish taklifi ilgari surildi. Bu haqda deputat Doniyor G‘aniyev xabar berdi.

Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) uch baravari ya’ni 668 ming so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ayni huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish haydovchiga BHMning besh baravari (1mln 113 ming so‘m) miqdorida, uchinchi marta sodir etilishi esa BHMning o‘n baravari (2 mln 225 ming so‘m) miqdorida jarima solinishiga olib keladi.

Ta’kidlanishicha, Rossiyada to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish  haydovchiga 3000 rubl (taxminan 415 ming so‘m), Ukrainada esa 510 ukraina grivnasi (taxminan 188 ming so‘m)ga tushadi. Qo‘shni Qozog‘istonda to‘xtab turish qoidasini buzgan haydovchi 24 ming tanga (taxminan 589 ming so‘m) jarima to‘lasa, Qirg‘izistonda esa bu qoidani buzgan haydovchilarga nisbatan 3000 kirg‘iz somi (taxminan 369 ming so‘m) jarima qo‘llaniladi.

Shuningdek, bu davlatlarda (Qozog‘istondan tashqari) mazkur huquqbuzarlikni takroran sodir etish jarima miqdorini o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.

“Ko‘rinib turibdiki, to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish hollari uchun belgilangan eng yuqori jarima miqdori bizda. Agar bu jarima aholining o‘rtacha daromadlari nuqtai nazaridan solishtirilsa, bu farq yanada oshishi aniq, deydi deputat.

Shu sababdan transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish holati uchun belgilangan jarima miqdorlarini qamaytirish taklifi ilgari surilmoqda.

Qo‘mita taklifiga ko‘ra, mazkur huquqbuzarlik uchun jarimani BHMning bir baravari (223 ming so‘m) miqdorida belgilash ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, huquqbuzarlikni takroran sodir etilganda jarima miqdorini oshishi ham bekor kilinishi kutilmoqda. 

Hozirda qo‘mita a’zosi, deputat Farhod Ashmatov tomonidan O‘zbekiston MJtKning 128-6-moddasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jarima

Baholaganlar

230

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing