Tuxel muxlislardan norozi bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 9 oktyabr kuni Angliya va Uels terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi (3:0) bo‘lib o‘tdi. O‘yindan so‘ng Angliya bosh murabbiyi Tomas Tuxel muxlislarning munosabatidan norozilik bildirdi. Bu haqda “Sky” nashri xabar berdi.

Yevro-2024 finalchilari “Uembli” stadionida o‘z o‘yinini ishonchli tarzda boshladi. Morgan Rodjers 2-daqiqada hisobni ochdi, Olli Uotkins va Bukayo Saka esa birinchi bo‘limdayoq natijani 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. Shunga qaramay, Tuxel tomoshabinlarning jimligidan ranjiganini yashirmadi.

“Biz juda yaxshi o‘ynadik. Birinchi bo‘limda 4-5 ta gol urishimiz mumkin edi, ammo stadion jim edi. Muxlislar jamoadan kuch olishdi, lekin o‘ylaymanki, futbolchilar ham ularning qo‘llab-quvvatlashiga loyiq edi”, deydi Tuxel.

Tuxelning so‘zlariga ko‘ra, o‘yin davomida “Uels” tarafdorlari tovushi “Uembli”ni bosib ketgan.

“Yarim soat davomida faqat Uelslik muxlislar eshitildi. Bu biroz achinarli, chunki menimcha, jamoa bugun katta qo‘llab-quvvatlashga loyiq edi”, deydi u. 

Shuningdek, Tuxel Angliya jamoasining Jahon chempionati saralashida Latviyaga qarshi o‘yinida muxlislarni yanada faol qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.

Ma’lumot uchun, Angliya va Latviya terma jamoalari ishtirokidagi Jahon chempionati saralash uchrashuvi joriy yilning 14 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Angliya Uel's Tomas Tuxel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing