To‘qqizta gol: Japarov futzal bo‘yicha musobaqada ishtirok etib, yutqazib qo‘ydi

Olam

image

Qirg‘iziston futbolining 100 yilligiga bag‘ishlangan futzal bo‘yicha musobaqa mamlakat Prezidenti Sadir Japarov ishtirokida bo‘lib o‘tdi.  

Musobaqada uchinchi o‘rin uchun o‘tkazilgan o‘yinda “Prezident ma’muriyati” jamoasi “Biznes” jamoasini 5:3 hisobida mag‘lub etdi. 

Ta’kidlanishicha, hisob boshqacha bo‘lishi mumkin edi, ammo ikkinchi bo‘limda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Toshiyev raqibning bo‘sh qolgan darvozasiga gol ura olmagan. 

Sadir Japarov shogirdlari yarim finalda “Alga”ga imkoniyatni boy bergan. Uchrashuv 4:2 hisobida futbol faxriylari foydasiga hal bo‘lgan. Butun musobaqa davomida Prezident raqiblar darvozasiga to‘qqizta gol urgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Bishkekda Qirg‘iziston futbolining 100 yilligiga bag‘ishlangan futzal bo‘yicha musobaqada davlat rahbari apparati jamoalari, milliy futbol faxriylari, jurnalistlar, sport federatsiyalari vakillari, ishbilarmon doiralar, madaniyat arboblari ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

futzal Japarov

Baholaganlar

172

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing