To‘qimachilik sohasida import qilinadigan 64 ta xomashyo bojdan ozod qilindi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni qabul qilgani haqida xabar bergan edik.

Farmonga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqarilgan bazaviy sifatdagi paxta tolasining boshlang‘ich narxi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan kelib chiqqan holda sotuvchi tomonidan belgilanadi.

Shuningdek, mahalliy to‘qimachilik korxonalariga birja savdolarida 2020 yil 1 aprelga qadar milliy valyutada sotilgan paxta tolasi uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddati 90 kundan 150 kungacha uzaytiriladi.

Farmon bilan import qilinadigan ayrim xomashyo va materiallar 2022 yil 1 yanvarga qadar bojxona boji to‘lashdan ozod qilindi.

2020 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishning soddalashtirilgan tartibi amal qiladi.

O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda 2021 yil 1 yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSH dollari, 2022 yil 1 yanvardan olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSH dollari, 2023 yil 1 yanvardan – 0,1 AQSH dollari, 2025 yil 1 yanvardan – 0,2 AQSH dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi markaziy apparatlari tuzilmalarida belgilangan shtat birliklari doirasida to‘qimachilik sanoati masalalari bo‘yicha tuzilmalar tashkil etiladi.

Bojxona bojlarini to‘lashdan ozod etiladigan import qilinadigan xomashyo va materiallar ro‘yxati

Izoh: import bojxona boji to‘lovi bo‘yicha imtiyozlari TIF TN kodlariga asosan taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona to'qimachilik imtiyoz

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing