To‘qayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
Jamiyat
−
11 aprel 596 1 daqiqa
Bugun, 11 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning O‘zbekistonga amaliy tashrifi yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Oliy martabali mehmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Bahouddin Naqshband maqbarasi va qadimiy Buxoroning tarixiy yodgorliklarini ziyorat qildi.

Yetakchilar viloyat hokimligining situatsion markazi, sun’iy intellekt bo‘yicha loyihalar va sanoat korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.

Tadbirlar yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ygan.

Shu bilan O‘zbekiston Prezidenti ham Buxoroga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib kelgan.
Live
Barchasi