To‘qayevga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan xorijiy razvedka agenti qo‘lga olindi 

Olam

image

Qozog‘iston maxsus xizmatlari Prezident Qosim-Jomart To‘qayevga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan xorijiy razvedka agentini qo‘lga oldi. Bu haqda respublika Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.  

“2022 yil 25 mart kuni Nur-Sulton shahrida MXQ kontrrazvedkasi Qozog‘iston Prezidentiga va bir qator yuqori martabali davlat xizmatchilariga suiqasd uyushtirishni rejalashtirayotgan xorijiy razvedka agenti, Qozog‘iston fuqarosi “A” ni qo‘lga oldi. Shu bilan birga, u maxsus va huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarshi terrorchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirgan”, deyiladi xabarda. 

Qo‘lga olingan shaxsdan xorijda ishlab chiqarilgan snayper miltig‘i ovoz o‘chirgichi, giyohvand moddalar va katta miqdorda pul olingan. 

“Bundan tashqari, agent “A” ijtimoiy tarmoqlarda tegishli materiallarni chop etish orqali Qozog‘istonda Rossiyaga qarshi tashviqotni targ‘ib qilish va jamiyatda rusofobik qarashlarni shakllantirish bo‘yicha vazifalarni ishlab chiqqan. Dastlabki tergov davomida Qozog‘iston fuqarosi yuqoridagi harakatlarni xorijiy davlat manfaatlarini ko‘zlab, ko‘rsatmalar asosida sodir etganini tan oldi”, deyilgan xabarda. 

Hozirda MXQ tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

suiqasd To'qaev

Baholaganlar

1237

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing