To‘qayev Yaponiyaga boradi
Olam
−
11:27 1293 1 daqiqa
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 18-20 dekabr kunlari Yaponiyaga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda Qozog‘iston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tashrif doirasida To‘qayev Yaponiya imperatori Naruhito, bosh vazir Sanae Takaichi hamda Yaponiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Shuningdek, Qozog‘iston Prezidenti “Markaziy Osiyo – Yaponiya” sammitida ishtirok etadi.
Sammit dastlab 2024 yil avgust oyida Qozog‘istonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan, ammo Yaponiyada Tinch okeani sohilida mega zilzila xavfi yuzaga kelishi munosabati bilan favqulodda tayyorgarliklar sabab bekor qilingan edi.
Yaponiya ushbu sammit orqali Markaziy Osiyo bilan diplomatik va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashni maqsad qilgan. Sammitda mintaqaviy xavfsizlik, savdo va investitsiya imkoniyatlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda. Yapon rasmiylari ushbu tadbirni global davlatlarning mintaqaga ta’sirini muvozanatlash imkoniyati sifatida ko‘rmoqda.
Mehmon rahbarlar uchun tartib va protokolni ta’minlash bo‘yicha tayyorgarliklar olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 19–20 dekabr kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida Markaziy Osiyo – Yaponiya sammiti o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi