To‘qayev Vatikanda Rim Papasi bilan uchrashadi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Italiya va Vatikanga borib, Italiya hukumati vakillari va Rim Papasi bilan uchrashadi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Qosim-Jomart To‘qayev joriy yilning 18-19-yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan Italiya va Vatikanda bo‘ladi.

Tashrifning birinchi kunida davlat rahbari Italiya Prezidenti Serjo Mattarella va Bosh vazir Jorjia Meloni bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

“Davlat rahbari Qozog‘iston - Italiya sarmoyaviy davra suhbatida  ishtirok etadi va Italiyaning qator yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi”, deyiladi matbuot xizmatining xabarida.

Shuningdek, To‘qayev  19 yanvar kuni Vatikanda Rim papasi Fransisk qabulida ham bo‘lishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Prezident oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) shtab-kvartiralariga ham boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq To‘qayevning Armanistonga yo‘l olishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev Rim Papasi Vatikan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing