To‘qayev Armanistonga boradi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning Armanistonga tashrif buyurish haqidagi taklifini qabul qildi. 
 Bu haqda Armaniston Vazirlar Mahkamasi ma’lum qildi.

To‘qayev va Pashinyanning telefon orqali suhbati chog‘ida Armaniston-Qozog‘iston munosabatlariga oid masalalar muhokama qilingan. Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdorlik, iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta’kidlangan.

Qozog‘iston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda madaniy-gumanitar hamkorlik jadal rivojlanmoqda.  

To‘qayev Aqtau – Yerevan – Aqtau yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilganini ijobiy baholab, buning natijasida ishbilarmonlik aloqalari va turistik sayohatlar sezilarli darajada faollashganini qayd etgan.

Shuningdek, tomonlar transport, logistika va savdo kabi sohalardagi aloqalarni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini kelishib olgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ham 1995 yilda Armaniston bilan diplomatik aloqalarini o‘rnatganiga qaramay respublikaning Armanistondagi elchixonasi mavjud emas va shu paytgacha davlat rahbarlarining rasmiy tashriflari kuzatilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon va Armaniston 30 yil deganda til topishgani haqida xabar qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi Nikol Pashinyan Armaniston Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing