To‘qayev O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasining kuni kecha takror saylangan Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan xabarda so‘z borgan. 

Gap shundaki, bugun, 24 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi elchisi Beybut Atamkulovdan Ishonch yorlig‘ini qabul qilib oldi. Ushbu tadbir bahonasida Prezident matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan xabarda shunday deyiladi: 

“Dekabr oyi boshida Qozog‘iston Prezidentining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi davlatlararo munosabatlarda yangi davrni boshlab berishiga ishonch bildirildi”.

Biroq Prezident Administratsiyasi Qosim-Jomart To‘qayevning tashrifi aynan qachon amalga oshirilishiga aniqlik kiritmagan. 

Ma’lumot uchun, yil boshidan buyon O‘zbekiston-Qozog‘iston o‘rtasida o‘zaro savdo hajmi 20 foizga ortib, 4 milliard dollarga yaqinlashgan.

Eslatib o‘tamiz, 20 noyabr kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev saylovchilarning 80 foizdan ortiq ovozini olib, g‘alaba qozondi. Endi u 2029 yilgacha mamlakat boshida qoladi. 

Avvalroq, prezidentlikka qayta saylangan To‘qayev saylovdan keyiingi ilk tashrifni Rossiyaga amalga oshirishi aytilgan edi


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing