To‘qayev Ukrainada keskinlashgan vaziyat sababli shoshilinch topshiriq berdi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Ukrainadagi urush kuchaygani munosabati bilan qo‘l ostidagilarga shoshilinch topshiriq berdi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Ukraina atrofidagi vaziyatning keskinlashishi sababli mamlakat Bosh vaziriga, Prezident Administratsiyasi, kuch tuzilmalarining rahbarlariga va barcha hokimlarga asosiy harbiy va fuqarolik ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rishni topshirgan.

“Parlament palatalari raislari qabul qilinayotgan chora-tadbirlar haqida xabardor qilindi. Prezident mamlakatdagi vaziyatni o‘z nazoratiga oldi. Bizning davlatimiz uchun asosiy strategik maqsad – barqarorlikni, tinchlikni, qonun ustuvorligini va tartibni saqlashdir. Qozog‘iston bir necha bor ikki slavyan xalqi o‘rtasidagi nizoni muzokaralar orqali hal qilish kerakligini ta’kidlagan edi”, deydi Prezident matbuot kotibi Berik Uali o‘zining Facebook sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 noyabr kuni ertalab Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga ballistik, aeroballistik va qanotli raketalar bilan hujum qilgandi. Qit’alararo ballistik raketa Rossiyaning Astraxan viloyatidan, X-47M2 “Kinjal” aeroballistik raketasi Tambov viloyatidan, X-101 qanotli raketalari Volgograd viloyatidan uchirilgan.

Mamlakat prezidenti Putin Ukrainaga ballistik raketa bilan zarba berilganini tasdiqlagan. U Rossiya o‘zini mamlakat hududiga qarata qurol ishlatayotgan davlatlarning harbiy ob’ektlariga qarshi qurol ishlatishga haqli deb hisoblashini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing