To‘qayev Ukrainada qozog‘istonlik jurnalistning o‘qqa tutilishiga izoh berdi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Kiyevda qozog‘istonlik jurnalist Aydos Sodiqovga qilingan hujumni izohladi. Bu haqda u jurnalistlarga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Intervyudan ma’lum bo‘lishicha, davlat rahbari Ostonadagi tantanali tadbirda aytganidek, Qozog‘iston hamisha qonun ustuvorligini mustahkamlash yo‘lidan boradi.

“Siz mening prinsipial pozitsiyamni bilasiz: mamlakatda qonun va tartib, boshqacha qilib aytganda, ushbu ikkita narsa hukmron bo‘lishi kerak. Jamiyatimizdagi barcha nizo va kelishmovchiliklar faqat  amaldagi qonunchilik asosida, asosiy xalqaro standartlarga muvofiq hal etilishi kerak. Aynan shu nuqtayi nazardan, kecha Kiyevda Qozog‘iston fuqarosi Aydos Sodiqovga nisbatan sodir etilgan jinoyatni jiddiy ko‘rib chiqishimiz zarur”, degan To‘qayev.

Shuningdek, Prezident ushbu jiddiy voqea yuzasidan diplomatik departament va huquq-tartibot idoralariga Ukraina tomoniga rasmiy so‘rov yuborishni topshirganini aytgan. 

“Agar kerak bo‘lsa, Qozog‘iston rasmiylari haqiqatni aniqlashda yordam berish uchun tergovga qo‘shilishga ham tayyor”, deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumot uchun, noma’lum shaxs Ukraina poytaxti Kiyev shahrining Yarmol ko‘chasida to‘xtab turgan mashinaga yaqinlashib, avtomobil ichidagi erkak(jurnalist Aydos Sodiqov)ni otib o‘qqa tutgan. Keyin esa qochib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Ukraina Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing