To‘qayev Trampdan Putinga hech qanday xabar olib kelmadi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayev orqali Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga hech qanday xabar yoki “signal” yubormagan. Bu haqda Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Biz To‘qayevdan hech qanday signal olganimiz yo‘q. U Putinga hech qanday xabar yubormagan”, degan Putinning yordamchisi. 

To‘qayev 11 noyabr kuni Moskvaga tashrif buyurib, Putin bilan ikki soatlik norasmiy uchrashuv o‘tkazgan, 12 noyabrda esa rasmiy muzokaralar davomida Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama strategik hamkorlik va ittifoqchilik darajasiga ko‘tarish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolagan edi. To‘qayev bu hujjatni “ikki davlat o‘rtasidagi ishonch va hamkorlikning yangi davrini boshlab beruvchi qadam” deb atagan. Putin va To‘qayev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ikki kunlik gap-so‘zlar haqida “mamlakatlar o‘rtasidagi sheriklik”dan boshqa narsa e’lon qilingani yo‘q. Vaholanki, To‘qayevning Rossiyaga tashrifi kutilmaganda amalga oshirildi va buni shaxsan Putinning o‘zi xohladi. U To‘qayevni tantanali kutib oldi, izzat ko‘rsatdi. To‘qayev Putin chorlovidan oldin Trampning huzuriga borgan edi. Ikki yetakchi Oq uyda yaxshi til topishdi. Qozog‘iston “Ibrohim kelishuvlari”ga qo‘shildi va buni Tramp e’tirof etdi. Qozog‘iston Prezidentining matbuot xizmati xabariga ko‘ra, safar davomida AQSH va Qozog‘iston kompaniyalari 17 milliard dollarlik kelishuvlarni imzolagan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Donal'd Tramp Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing