To‘qayev ta’tilda. Qozog‘iston Prezidenti qayerda dam olmoqda?

Olam

image

Joriy yilning 13 iyul kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev qisqa ta’tilga chiqdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Berik Uali o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, To‘qayev ta’tilni Sharqiy Qozog‘iston viloyatida o‘tkazmoqda. Prezident matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, davlat rahbari 17 iyul kuni mamlakat poytaxti Nur-Sultonga qaytadi.

“Davlat rahbari 13-16 iyul kunlari to‘rt kunlik qisqa muddatli ta’tilda. Qosim-Jomart Kemelevich ta’tilni mamlakatning eng go‘zal joylaridan biri — Buxtarma suv omborida o‘tkazadi”, deydi Berik Uali.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston ta'til To'qaev

Baholaganlar

339

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing