To‘qayev sport qonunlariga o‘zgartirish kiritishni buyurdi

Sport

image

Kecha, 26 noyabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Turizm va sport vaziri Erbol Mirzabo‘sinovning mamlakat sport industriyasini keng qamrovli isloh qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar ijrosi borishi to‘g‘risidagi hisobotini tingladi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbariga bolalar va o‘smirlar sportini rivojlantirish, hakamlar va mutaxassislarning malakasini oshirish, xorijlik sportchilar sonini qisqartirish, federatsiyalar faoliyatini optimallashtirish borasidagi ishlar to‘g‘risidagi hisobot taqdim etildi.

Erbol Mirzabo‘sinovning aytishicha, sport sohasida vertikal boshqaruv tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Vazirlik huzurida maxsus tashkil etilgan guruh a’zolari hududlardagi sport sohasi holatini atroflicha tahlil qilgan. Shuningdek, amaldagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi. Xalqaro federatsiyalar bilan hamkorlikni kengaytirish, sport infratuzilmasini yangilash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Prezident sport va turizm sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazir oldiga qator vazifalarni qo‘ydi. Xususan, bo‘lajak xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik darajasini oshirish zarurligi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing