To‘qayev Singapur Prezidentini orden bilan taqdirladi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Singapur Prezidenti Halima Yoqubga I darajali “Do‘stlik” ordenini topshirdi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Halima Yoqub davlat tashrifi bilan kecha, 22 may kuni Qozog‘istonga kelgan. Tashrif davomida To‘qayev Singapur Prezidentining davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi haqida gapirib o‘tgan.

O‘z navbatida Halima Yoqub Qosim-Jomart To‘qayevga yuksak sharaf uchun minnatdorchilik bildirgan va u ikki mamlakat o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirishga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, Halima Yoqub bugun, 23 may kuni Qozog‘istonga tashrifidan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan O‘zbekistonga kelishi ma’lum qilingandi. Kun tartibiga ko‘ra, Halima Yoqub Singapur-O‘zbekiston biznes forumida ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashishi va shundan so‘ng Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga borishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Singapur Prezidenti Samarqandga borishi va viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan ham uchrashishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Singapur To'qaev Halima Yoqub

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing