To‘qayev saylovdan keyin birinchi tashrifni “katta og‘a”nikiga amalga oshiradi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 28 noyabr kuni Orenburgga boradi va u yerda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda. Bu haqda mahalliy nashrlar yozdi. 

Ikki davlat rahbarlari Orenburgda ikki mamlakat mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan. 

Forumning asosiy mavzulari xalqaro savdo va transport-logistika sohasini rivojlantirish bo‘ladi. 

To‘qayevning saylovda g‘alaba qozonganidan so‘ng ilk tashrifini Rossiyaga amalga oshirishi diqqatga sazovordir. Rossiya Federatsiyasi Qozog‘istonning eng yirik iqtisodiy hamkori bo‘lib, o‘tgan yili u bilan tovar ayirboshlash hajmi 24,5 milliard dollarni tashkil etdi va joriy yilda o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. 

To‘qayev Rossiyaga avvalgi tashrifini 7 oktyabr kuni, Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tganida amalga oshirgan edi. To‘qayev va Putin o‘rtasidagi avvalgi ikki tomonlama uchrashuv 19 avgust kuni Sochida bo‘lib o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 noyabr kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev saylovchilarning 80 foizdan ortiq ovozini olib, g‘alaba qozondi. 

Qozog‘istonda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024 yilda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq 1 sentyabr kuni To‘qayev xalqqa murojaatida muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini e’lon qildi. 17 sentyabr kuni u konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzolab, prezident vakolatlarini yetti yillik qayta saylanmaslik muddati bilan chekladi. Ilgari respublika rahbari besh yil ketma-ket ikki muddatga saylanishi mumkin edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

119

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing