To‘qayev rus tilini “boshiga ko‘tardi”

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev MDH til makonini mustahkamlashda rus tilining o‘rni mustahkam ekanini urg‘uladi. U bu haqda bugun, 26 dekabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan MDH rahbarlarining norasmiy sammitida so‘z ochdi.  

“Albatta, madaniy-gumanitar hamkorlik MDHda til makonining mustahkamlanishida muhim ahamiyatga ega. Bu yerda, albatta, rus tilining o‘rni hech qanday shubha uyg‘otmay”, deydi u.  

Qozog‘iston Prezidenti “Sankt-Peterburgga 2023 yilda Hamdo‘stlikning madaniy poytaxti rasmiy maqomining berilishi MDH davlatlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishini” ta’kidladi. 

To‘qayev, shuningdek, 2023 yilda Hamdo‘stlikda Rus tili yili nishonlanishi va Qozog‘istonning MDH shafeligida rus tilini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzish tashabbusi amaliy rivojlanishini eslatdi.

Eslatib o‘tamiz, MDH norasmiy sammitida nutq qilgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin MDHning ko‘pmillatli davlatlarini qudratli birlashtiruvchi kuch – rus tili bog‘lashini aytgandi.

Ma’lumot uchun, rus tili Qozog‘istonda asosiy tillardan biri bo‘lib, ona tilida so‘zlashuvchilardan keyin ikkinchi va 2009 yil aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra so‘zlashuvchilarning umumiy soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. 2018 yilgacha banknotlarda qozoq tili bilan bir qatorda rus tili ham ishlatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

426

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing