To‘qayev Putinga qo‘ng‘iroq qildi
Olam
−
27 Oktabr 5928 1 daqiqa
Bugun, 27 oktyabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida Qozog‘iston Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilingan. Davlat rahbarlari Moskvada bo‘lib o‘tadigan muzokaralarning ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishdagi alohida ahamiyatini qayd etgan.
Shuningdek, jahonning hozirgi geosiyosiy vaziyatiga oid ayrim masalalar ham muhokama qilingan.
Qayd etish joiz, To‘qayev avvalroq Dushanbeda o‘tgan “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammiti doirasida Vladimir Putin bilan uchrashgan. O‘sha paytda To‘qayevning joriy yilning 12 noyabr kuni Rossiyaga tashrif buyurishi rejalashtirilgani ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, 7 oktyabr kuni To‘qayev Putin bilan telefon orqali muloqot qilib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan. Oradan bir hafta o‘tib, u yana Rossiya Prezidenti bilan suhbatlashib, Moskvaga bo‘lajak tashrifi tafsilotlarini muhokama qilgan.
Live
Barchasi