To‘qayev Putin bilan ko‘rishgani Sochiga keldi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 19 avgust kuni Sochiga yetib keldi. Uni Bocharov Ruchey qarorgohida mamlakat Prezidenti Vladimir Putin kutib oldi. 

Kreml matbuot xizmati avvalroq xabar berganidek, oliy darajadagi muntazam muloqot davom ettirilib, Rossiya-Qozog‘iston strategik sheriklik va hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan. 

Bundan tashqari, Kremlning qo‘shimcha qilishicha, integratsiya birlashmalari, jumladan, Qozog‘iston joriy yilda raislik qilayotgan MDH doirasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalasiga ham to‘xtalib o‘tiladi. 

Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muzokaralarda ikki tomonlama strategik sheriklikning dolzarb masalalari, jumladan, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ham muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta To‘qayev Putin bilan joriy yilning 17 iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida uchrashgan edi. Forumda To‘qayev Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini kvazi-davlat deb atab,  Qozog‘iston ularning mustaqilligini tan olmasligini bildirgandi.

Bundan tashqari, Qozog‘iston G‘arbning ayrim sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorlanayotgan edi: iyul oyi boshida Qozog‘iston Moliya vazirligi sanksiya ro‘yxatiga kiritilgan tovarlarni Rossiya va Belarusga yetkazib berishni taqiqlovchi buyruq loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi. 6 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov buni izohlar ekan, hozircha hech qanday qaror yo‘qligini va “hukumatlar doimiy aloqada” ekanini aytdi. Shundan keyin hujjatning qabul qilinishi haqida xabar berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

113

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing