To‘qayev Putin bilan Qozog‘istonda vaksina chiqarishga kelishib oldi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kecha, 16 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini ishlab chiqaradigan zavod qurish to‘g‘risida kelishuvga erishganini aytdi. 

"Hukumatning eng muhim vazifasi – mahalliy vaksinani ishlab chiqarishni kechiktirmasdan ishga tushirish. Vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtiriladi va vaksinalari ishlab chiqaradigan zavod qurilishi tugaydi. Men Rossiya Prezidenti bilan Rossiya vaksinasini ishlab chiqaradigan zavod qurish to‘g‘risida kelishuvga erishdim. Hukumat ushbu zarur loyihaga sarmoya jalb qilish to‘g‘risida allaqachon muzokaralarni boshladi", deydi To‘qayev koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi choralar bo‘yicha yig‘ilishda

To‘qayev, shuningdek, Qozog‘istonning ikkita vaksinasi dunyodagi eng istiqbolli biologik mahsulotlar qatoriga kirishi va klinik sinovlardan o‘tayotganini aytdi. Qozog‘iston rahbari biologik xavfsizlikni ta’minlashning barcha sohalarida ishlarni davom ettirish muhimligini qo‘shimcha qildi.

"Bunday choralar barcha rivojlangan davlatlar tomonidan amalga oshiriladi. Parlamentning joriy sessiyasi tugamaguncha, bioxavfsizlik to‘g‘risida qonun loyihasini deputatlarning ko‘rib chiqishiga kiritish kerak", deydi u. 

O‘tgan hafta Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali suhbat chog‘ida Qozog‘istonda vaksinalarning birgalikda ishlab chiqarilishini tashkil etish rejalariga to‘xtalib o‘tgandilar. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Qosim-Jomart To'qaev Koronavirus

Baholaganlar

27

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing