To‘qayev parlament saylovlarida ovoz berdi (foto+video)

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev parlament quyi palatasi (Majilis) va maslihatlar (hokimiyatning mahalliy vakillik organlari) deputatlari saylovida ovoz berdi. Bu haqda mamlakat rahbari Matbuot xizmati xabar berdi.

“Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Majilisi va mahalliy maslihatlarga saylovda ovoz berishda ishtirok etdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, davlat rahbari Ostona shahridagi Al-Farobiy nomidagi O‘quvchilar saroyida joylashgan saylov uchastkasida ovoz bergan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 19 mart kuni Qozog‘istonda parlamentning quyi palatasi (Majilis), shuningdek, mahalliy hokimiyat organlariga saylov bo‘lib o‘tmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston saylov parlament To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing