To‘qayev Olma-otada! U g‘alayonda jarohatlanganlarni ko‘rish uchun shifoxonaga bordi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 12 yanvar kuni mamlakatda ro‘y bergan g‘alayonlarning asosiy alanga nuqtasi – Olma-ota shahriga borib, talato‘plarda jarohatlanganlar ahvolidan xabar oldi. 

Davlat rahbari Olma-ota shahriga amaliy tashrifi chog‘ida shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga bordi. U travmatologiya bo‘limiga kirib, palatalarda davolanayotgan jarohatlanganlar bilan suhbatlashdi. 

Prezident jarohatlanganlarning sog‘lig‘i bilan qiziqib, ularning tezroq sog‘ayib ketishini tilagan, tibbiyot xodimlari bilan ham suhbatlashgan.  

Ta’kidlanishicha, xavfsizlik kuchlarining barcha jarohatlangan a’zolariga zaruriy yordam ko‘rsatiladi. 

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, tartibsizliklarda jarohatlanganlarning barchasiga o‘z vaqtida to‘liq tibbiy yordam ko‘rsatilgan.  

Shuningdek, To‘qayev namoyishlarni bostirish jarayonida qurbon bo‘lgan politsiya xodimlari va harbiy xizmatchilarning yaqinlari bilan uchrashgan. U yana bir bor marhumlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, ularni davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.

“Ular xalqimiz xavfsizligi, kelajak avlodlar, yurtimiz fuqarolari uchun jonini fido qilgan haqiqiy qahramonlardir. Biz ularning jasoratidan xursandmiz, ularni doim xotirlaymiz. Ular xalqimiz xotirasida abadiy qoladi. Men so‘z beraman, oilalaringiz e’tibordan chetda qolmaydi. Xoh uy-joy sharoiti, xoh bolalarni o‘qishga yuborish bo‘lsin, barchasiga doimiy yordam beramiz”, dedi Prezident. 

So‘ngra Qosim-Jomart To‘qayev xizmat burchini ado etishda halok bo‘lganlarning yaqinlariga ko‘rsatgan jasorati va fidoyiligi, davlat manfaatlarini himoya qilish yo‘lida qilgan xizmatlari uchun mukofotlarni topshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev Qozog'istondagi vaziyat

Baholaganlar

271

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing