To‘qayev Nazarboyevga hamdardlik bildirdi
Olam
−
13 noyabr 2023 11256 1 daqiqa
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev birinchi prezident Nursulton Nazarboyevga ukasi Bolatning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.
“Davlat rahbari birinchi prezident Nursulton Nazarboyevga ukasi Bolat Nazarboyevning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Qosim-Jomart To‘qayev dafn marosimida qatnashmaydi”, deydi davlat rahbari matbuot kotibi Berik Uali.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 12 noyabr kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat Nazarboyev olamdan o‘tdi. U 70 yoshda edi. Birinchi prezident matbuot kotibi Bolat Nazarboyevning o‘limiga uzoq davom etgan kasallik sabab bo‘lganini aytdi.
Noyabr oyi boshida Bolat Nazarboyev Olmaota shifoxonalaridan biriga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi. Uning ahvoli barqaror ekanligi qayd etildi.
Bolat Nazarboyevda 2015 yilda xavfli o‘sma (buyrak karsinomasi) aniqlangan. Keyin transplantatsiya amalga oshirilgan. Kasallik progressiv og‘ir qandli diabet bilan murakkablashgan. 2021 yilda shifokorlar yana bir tashxisni – halqum saratonini qo‘ygan. 2021 yil 29 iyul kuni Germaniyada Qozog‘iston Birinchi Prezidentining ukasi halqumni olib tashlash bo‘yicha operatsiya qilingan, shundan so‘ng ko‘plab asoratlar paydo bo‘lgan. Sentyabr oyida sepsis va tromboz rivojlanib, uning ahvoli og‘irlashgan. U komaga tushgan va klinik o‘limdan omon qolgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr