To‘qayev Mirziyoyevning islohotlari haqida fikr bildirdi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 2 iyun kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida To‘qayev O‘zbekiston bugungi kunda ko‘plab sohalarda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirib, hayratomuz muvaffaqiyatlarga erishayotganini alohida ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qozog‘istonliklar O‘zbekiston ularning strategik hamkori va ittifoqchisi ekanidan faxrlanadi.

“Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda sezilarli yutuqlarga erishdi. Bu bizni xursand qilmasligi mumkin emas, chunki biz birodar davlatlarmiz. Tabiiyki, O‘zbekistonning muvaffaqiyatli rivojlanishi o‘zaro manfaatli hamkorlikning taraqqiyotiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda”, degan To‘qayev.

Muloqot vaqtida Qosim-Jomart To‘qayev Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali suhbat chog‘ida tomonlar uchun qulay vaqtda Qozog‘istonga tashrifni amalga oshirishni taklif qilganini eslab o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qozog'iston Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing