To‘qayev Matbuot kotibini bo‘shatib, mediakompaniyaga rahbar qildi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Berik Ualini davlat rahbari Matbuot kotibi lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.  

“Davlat rahbarining farmoni bilan Uali Berik Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi lavozimidan ozod etildi”, deyiladi xabarda. 

“Xabar-24” telekanaliga ko‘ra, Berik Uali “Xabar” agentligi AJ boshqaruvi raisi etib tayinlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Uali 1977 yilda tug‘ilgan. U T.Jurgenov nomidagi Qozog‘iston davlat teatr va kino institutini kinoshunoslik, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universitetini jurnalistika, Qozog‘iston gumanitar yuridik innovatsiya universitetini huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Uali 2019 yil mart oyidan buyon davlat rahbari Matbuot kotibi lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Uali

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing