To‘qayev Markaziy Osiyo rahbarlari uchrashuviga Rossiya va Xitoy yetakchilarini chaqirishni taklif qildi

Jamiyat

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuviga qo‘shni mamlakatlar, jumladan, Rossiya va Xitoy vakillarini taklif qilishni taklif qildi. Bu haqda u Cho‘lponotada (Qirg‘iziston) Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvida aytib o‘tdi.

Forum ishtirokchilari “Markaziy Osiyo davlatlarining ko‘p tomonlama formatlar doirasidagi o‘zaro hamkorligi konsepsiyasi”ni qabul qilishlari zarur, deya qo‘shimcha qilgan To‘qayev. Uning fikricha, davlat rahbarlari “belgilangan geografik chegaralar ichida cheklanib qolmasligi kerak”.

“Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari ishida Rossiya va Xitoy kabi boshqa qo‘shni davlatlarning oliy vakillari taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etishlari mumkin”, degan To‘qayev.

Bundan tashqari, Qozog‘iston Prezidenti “mintaqaviy va xalqaro muammolarning asosiy masalalari bo‘yicha kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish uchun” mintaqa davlatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvlarini kamida yarim yilda bir marta o‘tkazishni taklif qilgan.

To‘qayevga ko‘ra, konsultatsiyalarni milliy xavfsizlik kengashlari kotiblari ham o‘tkazishi kerak. Uning fikricha, mexanizm “xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish bo‘yicha yechimlarni birgalikda ishlab chiqish”ga xizmat qiladi.

To‘qayev forum ishtirokchi mamlakatlariga “chegaralarni delimitatsiya qilish bo‘yicha o‘zaro maqbul yondashuvlarni ishlab chiqish uchun” Tashqi ishlar vazirlari kengashi huzurida ekspert platformasini yaratishni taklif qildi. Qozog‘iston rahbarining rejasiga ko‘ra, platformada huquqshunoslar, kartograflar, chegarachilar va boshqa mutaxassislar ishlashi kerak.

“Ushbu muammolar to‘plamini kechiktirish yoki e’tiborsiz qoldirish keskinlashuvga olib keladi va oxir-oqibat Markaziy Osiyoda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni yo‘q qilishi mumkin”, deya tushuntirgan Prezident o‘z taklifini.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

183

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing