To‘qayev kuch tuzilmalarida qator tayinlovlarni amalga oshirdi 

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 25 fevral kuni Aset Isekeshevni Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimidan ozod qildi. Uning o‘rniga sobiq bosh prokuror Gizat Nurdauletov tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.  

“Isekeshev Aset Orentayevich Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining yordamchisi etib tayinlansin, u Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining yordamchisi – Qozog‘iston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimidan ozod etilsin”, deyiladi farmonda. 

Shu kuni To‘qayev Gizat Nurdauletovni bosh prokuror lavozimidan ozod etib, Prezident yordamchisi – Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinladi. 

Nurdauletov 1964 yilda tug‘ilgan. U 2019 yil martidan Qozog‘iston bosh prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati 

To‘qayev Oljas Bektenovni Respublika Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati raisi etib tayinladi. 

“Bektenov Oljas Abayevich Qozog‘iston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati) raisi etib tayinlansin”, deyiladi Prezident farmonida. 

Shu kuni davlat rahbarining farmoyishi bilan Bektenov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati) raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. 

41 yoshli Bektenov 2019 yil iyun oyidan buyon Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

O‘tgan yillar davomida u Davlat xizmati ishlari va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi rahbari o‘rinbosari, Qozog‘istonning Oqmola viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 

Ichki ishlar vazirligi 

Qozog‘iston Prezidenti Yerlan Turgumbayevni Ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod qildi. 

“Davlat rahbarining farmoni bilan Turgumbayev Yerlan Zamanbekovich Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi”, deyiladi xabarda. 

To‘qayevning buyrug‘i bilan Turgumbayev Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi etib tayinlangan. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmatining sobiq rahbari Marat Axmetjanov Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri etib tayinlangan. 

“Axmetjanov Marat Muratovich Qozog‘iston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raisi lavozimidan ozod etilib, Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri etib tayinlansin”, deyiladi Prezident farmonida. 

57 yoshli Axmetjanov 2021 yilning aprelidan buyon Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi. O‘tgan yillar davomida u Qozog‘iston bosh prokurori o‘rinbosari, Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosining Atirau viloyati departamenti boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston To'qaev

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing