To‘qayev KXSHT kontingenti qachon Qozog‘istondan chiqib ketishini aytdi
Olam
−
11 yanvar 2022
11369Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 11 yanvar kuni parlamentda yo‘llagan videomurojaatida Kollevtik xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlarning harbiy kuchlari qachon mamlakatni tark etishiga aniqlik kiritdi. To‘qayevga ko‘ra KXSHT kontingentini Qozog‘istondan olib chiqish ikki kundan keyin boshlanadi.
“Qozog‘istonning barcha hududlarida vaziyat barqaror, KXSHTning asosiy missiyasi yakunlandi”, deydi u nutqida.
Ma’lumki, joriy yilning 6 yanvar kuni Qosim-Jomart To‘qayev Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini o‘tkazib, mamlakatda boshlangan namoyishlar ortidan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan yordam so‘ragan edi. U ushbu qarorini shunday izohlaydi.
“KXSHT kontingentini kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilmaganizda, biz Olma-ota ustidan nazoratni butunlay yo‘qotishimiz mumkin edi”, deydi To‘qayev.
Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘istonning chaqiruvi ortidan tashkilotda asosiy tashabbuskor bo‘lgan Rossiya Qozog‘istonga naq 3 ming nafar harbiy kiritdi.
28 yildan buyon Aleksandr Lukashenko boshqaruvida bo‘lgan Belarusning chekiga esa 500 nafar harbiy kiritish tushdi.
Voqealarni jim kuzatib kelayotgan Tojikiston esa ushbu namoyishlarni bostirish jarayonida 200 askari bilan KXSHT nomidan ishtirok etdi.
Qirg‘iziston esa Qozog‘istonga 150 nafarlik harbiy yordam berdi.
Qorabog‘ urushida o‘zi ham Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan yordam so‘raganu lekin umidi so‘ngan, Qozog‘istondagi namoyishlar boshlangan ilk kundanoq hali Vladimir Putin, hali To‘qayev bilan muloqot qilib borayotgan Bosh vazir Nikol Pashinyan Qozog‘istonga bor-yo‘g‘i 100 nafar arman askarini kiritdi.
LiveBarchasi