To‘qayev qozoq elitasining cho‘ntagini “nishonga oldi”

Olam

image

Qozog‘istonda iqtisodiy o‘sishdan faqat cheklangan elita guruhlarigina foyda ko‘rmoqda, oddiy aholining daromadlari esa pasayib borayapti. Bu haqda mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev qozog‘istonlik ishbilarmonlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi

“Mamlakatimizda cheklangan elita guruhlari iqtisodiy o‘sishdan naf ko‘ra boshladi, aholining aksariyat qismi daromadlari esa kamayib yoki to‘xtab qolmoqda, bu davlatimiz xavfsizligiga jiddiy tahdiddir. Bu jamiyatda iqtisodiy, ijtimoiy, keyin esa siyosiy bo‘linishga olib kelishi mumkin — bunday inqirozning dastlabki belgilari allaqachon yuzaga chiqqan. Tabiiyki, bu tarzda davom etib bo‘lmaydi”, degan To‘qayev.

Prezidentga ko‘ra, Qozog‘istonda “biznes rivojlanishiga yo‘l qo‘ying va uning o‘zi ish o‘rinlari yaratadi” modeli bo‘yicha ishlangan, ammo bu ko‘ngildagidek natija bermagan.

“Bugungi kunda bizda nima bor? 2020 yilda milliy daromad tarkibida eng yuqori ulushni biznes foydasi egallaydi — 61,5 foiz, soliqlar ulushi atigi 7,3 foiz, qozog‘istonliklarning ish haqi esa uchdan biridan kamrog‘ini tashkil qiladi — 31 foiz, bu juda kam. Misol uchun, Rossiyada iqtisodiyotning o‘xshash tuzilishiga qaramay, ish haqi 46,7 foizni tashkil qiladi — bu bizning mamlakatimizga qaraganda bir yarim baravar ko‘p”, degan Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

To'qaev

Baholaganlar

518

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing