To‘qayev Qozog‘iston fojiasida kimlarni ayblamoqda?
Olam
−
07 yanvar 2022
40085Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat xalqiga qilgan murojaati chog‘ida “erkin ommaviy axborot vositalari” va “xorijiy” shaxslarni qonun va tartibni buzishga yordam berishda aybladi.
“Ko‘p millatli xalqimizning tub manfaatlaridan yiroq bo‘lgan “erkin ommaviy axborot vositalari” va “xorijiy” arboblar huquq-tartibotni buzishda yordamchi emas, aslida, qo‘zg‘atuvchi rol o‘ynaydi”, dedi Prezident.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, bu mas’uliyatsiz demagoglarning barchasi Qozog‘istondagi fojiani ochishga sherik bo‘lgan.
“Biz barcha qonuniy vandalizm harakatlariga keskin munosabat bildiramiz”, dedi Qosim Jomart To‘qayev.
Shu bilan birga, Prezident hozircha faqat ma’lum hududlarda va ma’lum vaqt oralig‘ida internetga ulanishni tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilganini aytdi.
Bundan tashqari, u kelgusida respublika bo‘ylab favqulodda holat tartibi bekor qilinishini ham ma’lum qildi.
Shuningdek, To‘qayev Qozog‘iston tarixidagi qora chiziq tez orada o‘tib ketishiga ishonch bildirdi.
Qozog‘istonda namoyishlar
Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi. Tobora olovlangan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.
Shuningdek, miting ishtirokchilari javobgarlikka tortilmasligiga ham kafolat berilgandi. Lekin, 5 yanvar kuni Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari mamlakatning bir qancha viloyatlarida sodir etilgan noqonuniy harakatlar chog‘ida jamoat tartibini buzganlik uchun 200 dan ortiq kishini qo‘lga oldi.
5 yanvar kuni, shuningdek, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Hukumat iste’fosini qabul qildi. Shuningdek, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Prezident To‘qayev egalladi.
To‘qayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.
LiveBarchasi