To‘qayev Qozog‘iston Bosh vazirini qayta tayinladi 

Olam

image

Bugun, 30 mart kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev respublika Bosh vaziri lavozimiga Alixon Smailovni qayta tayinladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

“Smailov Alixan Asxanovich Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlansin”, deyiladi Prezident farmonida.

Bungacha Qozog‘iston parlamenti ham Smailov nomzodini Bosh vazirlikka ma’qullagan. Majlisda deputatlar hukumat rahbari nomzodini muhokama qilgandan so‘ng Qozog‘iston Prezidentiga Smailov Alixan Asqarovichni Bosh vazir lavozimiga tayinlashga rozilik berish to‘g‘risidagi qaror loyihasiga ovoz bergan. Ovoz berish jarayonida yalpi majlisda ishtirok etgan 97 nafar deputatdan 82 nafari uning nomzodini qo‘llab-quvvatlagan, 7 nafari qarshi chiqqan, 8 nafari betaraf qolgan.

Ma’lumot uchun, Alixan Smailov 1972 yil 18 dekabrda tug‘ilgan. 1994 yilda al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston davlat milliy universitetini amaliy matematika yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 1996 yilda esa Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozog‘iston boshqaruv, iqtisodiyot va prognozlash institutidan davlat boshqaruvi magistri darajasini olgan. Smailov 2019 yil fevral oyidan boshlab moliya vaziri, Prezident yordamchisi lavozimlarida ishlab kelgan. 2020 yilning mayida esa Qozog‘iston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan. 50 yoshli Alixon Smailov 2022 yil yanvaridan buyon Bosh vazir sifatida respublika hukumatini boshqarib kelmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Prezident To‘qayev amaldagi hukumatga Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi tasdiqlangunga qadar o‘z vazifasini bajarishni topshirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston To'qaev Smailov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing