To‘qayev Qatar Amirini “Oltin Burgut” ordeni bilan mukofotladi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyni “Oltin Burgut” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

“Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘istonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga Qozog‘iston Respublikasining oliy davlat mukofoti – “Oltin Burgut” ordeni bilan taqdirlandi”, deyiladi xabarda.

Oqorda matbuot xizmatining ta’kidlashicha, taqdirlash marosimida To‘qayev Qatar Amirining vatandoshlar orasidagi obro‘-e’tibori, mamlakatni boshqarishdagi donishmandligi va yuksak shaxsiy fazilatlari, xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga qo‘shgan salmoqli hissasini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev Tamim bin Hamad Ol Soniy

Baholaganlar

38

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing