To‘qayev Iroq Prezidentiga tabrik yo‘lladi

Olam

image

Bugun, 13 aprel kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Nizar Omidiyni Iroq Prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan samimiy tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

To‘qayev yo‘llagan tabrigida davlat va Iroq xalqining farovonligini ta’minlashga qaratilgan siyosiy tashabbuslarini amalga oshirishda muvaffaqiyat tilagan.

Shuningdek, Qozog‘iston rahbari an’anaviy do‘stlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash rishtalariga asoslangan ikki tomonlama hamkorlik bundan keyin ham izchil rivojlanishiga ishonch bildirgan.

Nizar Muhammad Said Omidiy iroqlik muhandis va siyosatchi hisoblanadi. U Kurdiston vatanparvarlar ittifoqi (KVI) a’zosi bo‘lib, 2022–2024 yillarda Bosh vazir Muhammad Shia al-Sudaniy hukumatida Atrof-muhit vaziri sifatida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iroq parlamenti “Kurdiston vatanparvarlar ittifoqi” nomzodi Nizor Muhammad Said Omidiyni 227 ta ovoz bilan mamlakatning yangi Prezidenti etib saylagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Iroq Qosim-Jomart To'qaev Nizar Omidiy Iroq Prezidenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing