Iroq parlamenti yangi Prezidentni sayladi
Olam
−
11 aprel 1804 1 daqiqa
Bugun, 11 aprel kuni Iroq parlamenti “Kurdiston vatanparvarlar ittifoqi” (KVI) nomzodi Nizor Muhammad Said Omidiyni mamlakatning yangi Prezidenti etib sayladi. Bu haqda INA xabar berdi.
Iroq parlamenti bayonotida qayd etilishicha, Omidiyning Prezident etib saylanishi uchun 227 ta ovoz berilgan.
“Ikkinchi nomzod, deputat Mutanna Amin Nodir 15 ta ovoz oldi. Yettita byulleten haqiqiy emas deb topildi”, deya aniqlik kiritgan parlament.
Bungacha Iroq parlamenti matbuot xizmati 2022 yil oktyabr oyida saylangan mamlakat prezidenti Abdul Latif Rashid davlat rahbari lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishdan voz kechganini ma’lum qilgan. U ro‘yxatdan chiqarilgach, ushbu lavozimga 16 nafar da’vogar qolgan.
Ma’lumot uchun, Nizor Omidiy – Iroqning sobiq atrof-muhit vaziri. 2024 yildan buyon KVIning Bag‘doddagi ofisini boshqarib keladi. 2003 yildagi siyosiy kelishuvlarga ko‘ra, Iroq prezidenti etnik kurd, bosh vazir shia, parlament spikeri esa sunniy bo‘lishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Myanma parlamenti inqilobchi va harbiy hunta yetakchisi general Min Aun Hlaynni mamlakat Prezidenti etib saylagandi.
Live
Barchasi