To‘qayev Guterrishni Qozog‘istonga taklif qildi

Olam

image

Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan Jenevada bo‘lib o‘tgan uchrashuvida unga Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘kayevdan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining (SHHT) iyul oyida bo‘lib o‘tadigan sammitida ishtirok etish taklifini yetkazdi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

“Hozirgi global muammolar, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, Olmaota shahrida BMTning Markaziy Osiyo va Afg‘oniston uchun Barqaror rivojlanish mintaqaviy markazini tashkil etish tashabbusi muhokama qilindi. Shuningdek, vazir BMT Bosh kotibiga Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevdan joriy yilning iyul oyida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan SHHT sammitiga taklifnoma topshirdi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

O‘z navbatida, Guterrish taklif uchun minnatdorlik bildirgan hamda Qozog‘istonning barqaror rivojlanishga ko‘maklashish va xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, shu jumladan SHHT va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash kabi mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholagan. 

Ma’lumot uchun, 2023-2024 yillarda Qozog‘iston SHHTga raislik qiladi. Tashkilot 2001 yil 15 iyunda Shanxayda tashkil etilgan. Dastlab u oltita davlatdan – Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston va O‘zbekistondan iborat bo‘lsa, 2017 yilda ularga Hindiston va Pokiston, 2023 yilda esa Eron qo‘shildi. Tez orada Belarusning tashkilotga kirish jarayoni yakunlanishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston BMT Antoniu Guterrish Qosim-Jomart To'kaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing