To‘qayev Ashxobodga birinchi bo‘lib bordi
Olam
−
10 Oktabr
6801Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 10 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga bordi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Ashxobod aeroportida To‘qayevni turkman xalqi milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslaxati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi. Aeroportda tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Faxriy qorovul boshlig‘ining hisobotidan so‘ng ikki davlat madhiyalari yangradi.
Qosim-Jomart To‘qayevning Turkmanistonga rasmiy tashrifi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuvdan boshlandi. Prezident Xalq Maslaxati raisiga mehmondo‘stligi uchun minnatdorlik bildirib, uning Qozog‘iston va Turkmaniston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini ta’kidladi.
Davlat rahbari Qozog‘iston-Turkmaniston munosabatlari do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ruhida jadal rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkmanistonga rasmiy tashrif davlatlararo munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.
“Mamlakatingiz bilan hamkorlikni rivojlantirish masalasiga katta mas’uliyat bilan yondashamiz. Biz strategik hamkorlarmiz. Bugun siz hukumatlararo qo‘shma komissiya faoliyati haqida gapirdingiz. Men ham ishlarni kuzatdim, hukumatga qaysi yo‘nalishda harakat qilish, qanday qarorlar qabul qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdim, chunki Turkmaniston bilan chinakam do‘stona munosabatlar biz uchun ustuvor vazifadir”, dedi Qosim-Jomart To‘qayev.
Gurbanguli Berdimuhamedov Qozog‘iston Prezidentini qutlab, uning Turkmanistonga rasmiy tashrifi chog‘ida erishiladigan kelishuvlar ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning asosiy masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur tashrif doirasida Qosim-Jomart To‘qayev va Prezident Serdar Berdimuhamedov o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbari Ashxobodda Abay haykalini ham ochadi, “Zamon va sivilizatsiyalar o‘zaro aloqasi – tinchlik va taraqqiyot asosi” xalqaro forumida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, ertaga, 11 oktyabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobodda atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan “Zamonlar va sivilizatsiyalar o‘zaro aloqasi – tinchlik va taraqqiyot asosi” xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Anjumanda 10 dan ortiq davlat Prezidentlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, jumladan, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti (TYURKSOY), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Islom hamkorlik tashkiloti va UNESCO rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq forumda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari ham ishtirok etishini ma’lum qilingandi. Shuningdek, mazkur tadbir doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashib, Yaqin Sharqdagi keskin yomonlashgan vaziyatni muhokama qilishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi