To‘qayev AQSHdagi elchisini “zamministr” qildi
Olam
−
13 Oktabr 2025 2961 2 daqiqa
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Akan Rahmetullinni lavozimidan ozod etdi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Akan Akasovich Rahmetullin 2024 yilning may oyida Qozog‘iston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Prezidentning boshqa farmoyishi bilan Yerjan Oshiqboyev tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Yerjan Oshiqboyev 1974 yil 16 iyun kuni Olmaota shahrida tug‘ilgan. Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti, Kennedi nomidagi boshqaruv maktabi va Garvard universitetini tamomlagan. U xalqaro munosabatlarga ixtisoslashgan va davlat boshqaruvi magistri darajasiga ega.
Diplomatik faoliyatini 1998 yilda Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika direksiyasining to‘rtinchi departamenti xodimi sifatida boshlagan. Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatida turli lavozimlarda ishlagan, Qozog‘istonning Belgiyadagi elchixonasida ham ishlagan.
2012 yilda Bosh vazir devoni rahbari o‘rinbosari, hukumatning rasmiy vakili bo‘lgan. 2012-2013 yillarda Prezident ma’muriyatining tashqi siyosat markazi rahbari, 2021 yil apreldan 2025 yil sentyabrgacha Qozog‘istonning AQSHdagi Favqulodda va Muxtor elchisi bo‘lgan. 1-darajali Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik unvoniga ega.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning aprel oyidan buyon bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri lavozimlarida ishlab kelgan Murat Nurtleu 26 sentyabr kuni lavozimidan ozod etilgan va Prezidentning xalqaro investitsiyalar va savdo hamkorlik masalalari bo‘yicha yordamchisi etib tayinlangan edi. Yermek Kosherbayev esa yangi Tashqi ishlar vaziri etib tayinlangandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025