To‘qayev Afg‘onistondagi etnik qozoqlarni Qozog‘istonga olib kelmoqchi
Olam
−
09 Sentabr 2021
9996Prezident Qosim-Jomart To‘qayevning aytishicha, Qozog‘iston Afg‘onistondan qozoq diasporasi vakillarini qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda davlat rahbari kecha, 8 sentyabr kuni Oqo‘rda qarorgohida xorijiy mamlakatlar elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qilish jarayonida so‘z ochgan.
To‘qayev o‘z nutqida Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liq Qozog‘iston olib borayotgan sa’y-harakatlarga to‘xtalgan.
“Qozog‘iston dolzarb muammolarni hal qilish uchun xorijiy sheriklar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Avvalo, biz vatandoshlarimizni evakuatsiya qilishni tashkil qildik. Endi biz Afg‘onistondan qozoqlar diasporasi vakillarini, qandaslarni (etnik qozoqlar va (yoki) ilgari Qozog‘iston Respublikasi fuqaroligi bo‘lmagan qozoq millatiga mansub shaxslar) qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqayapmiz”, deydi davlat rahbari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, insonparvarlik nuqtai nazaridan kelib chiqib, Qozog‘iston 57 afg‘on talabasi uchun o‘quv vizalarini uzaytirgan.
Avvalroq, 200 dan ortiq etnik qozoqlar Afg‘onistondan evakuatsiya qilinishi mumkinligi ham aytilgandi.
Bundan tashqari, Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi o‘zlarini etnik qozoqlar deb tanishtirgan fuqarolar mamlakatning Qobuldagi elchixonasiga murojaat qilishini ma’lum qilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr