To‘qayev ham Qorabog‘ga boradi

Olam

image

Joriy yilda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Ozarbayjonga borishi kutilmoqda. Bu haqda Qozog‘istonning Ozarbayjondagi elchisi Alim Bayel “Report” agentligi jurnalistiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Yaqin kunlarda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan boradi”, degan elchi.

Uning aytishicha, Qozog‘iston Prezidentining tashrifi doirasida Fuzuliy shahridagi Qurmang‘oziy nomidagi bolalar ijodiyoti markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish joizki, Qurmang‘oziy nomidagi Bolalar ijodiyoti markazi Qozog‘iston hukumati tarafidan 2023 yilda qurib bitkazilgan.

Shunday qilib, To‘qayev Turkiy davlat rahbarlari orasida Fuzuliy shahriga tashrif buyurgan 3-davlat rahbari bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 2021 yil oktyabr oyida, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev esa 2023 yilning avgust oyida armanlar istilosidan ozod qilingan Qorabog‘ mintaqasidagi Fuzuliy shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning dekabr oyi boshlarida To‘qayev Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning Armanistonga tashrif buyurishi haqidagi taklifini qabul qilgan edi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Qosim-Jomart To'qaev Qorabog' Fuzuliy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made