Tug‘uruqxonaga kelgan ayol koronavirusga test topshirgan bo‘lishi shartmi?
Jamiyat
−
02 avgust 2020
7808Ijtimoiy tarmoqlarda tug‘uruqxonaga kelayotgan ayollardan test topshirib kelish talab qilinayotgani, test natijasini bermaguncha qabul qilinmayapti degan xabarlar tarqalmoqda. Mavjud tartiblarga ko‘ra, homilador ayol tug‘uruqxonaga yotishi uchun koronavirusga test topshirishi shartmi?
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda shu masalaga oydinlik kiritdi.
“Bu noto‘g‘ri fikr, chunki har bir homilador ayolga yordam ko‘rsatish zarur, ularni sharoitida vaqtni o‘tkazib yubormaslik kerak.
Shuning uchun SSV ning buyrug‘i bilan xar bir tug‘uruqxona homilador ayollarni test natijalarisiz qabul qilishlari shart!”, dedi Abdusamatova.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 234 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangan. Ularning 2,9 foizida kasalik o‘lim bilan yakunlangan.
LiveBarchasi