Tugmali sichqonchalar tarixda qolmoqda (video)

Texnologiya

image

Nemis ishlab chiquvchilari kompyuter sichqonchasi “Clip Mouse”ni taqdim etdi. U odamning barmoqlariga kiygiziladi va ishlashi uchun qo‘l bilan ushlab harakatlantirish shart emas. Bu haqda “News.am” nashri xabar berdi.

Clip Sichqoncha ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarga kiyiladi. Unga sezuvchan akselerometr o‘rnatilgan. Shu sababli foydalanuvchi yangi uskunani ishlatish uchun oddiy sichqoncha bilan ishlash harakatlarini havoda takrorlashi kifoya. “Clip Mouse” harakatlarni tezda tushunadi va tegishli ko‘rsatmalarni Bluetooth orqali kompyuterga uzatadi.

Sichqonchaning pastki qismi sensorli bo‘lib, chap yoki o‘ng tugmani bosgandek harakat qilish shu amallarni chindan  bajarish imkonini beradi. Sahifalarni o‘tkazish uchun aylantiriladigan sichqoncha “g‘ildiragi” ham shular jumlasidan. 
 
Matn kiritishda sichqoncha qurilmaning yon tomonidagi tugmani bosish orqali o‘chiriladi. Xuddi shu tugma, kursorni ekranning o‘rtasiga olib kelish uchun ham ishlatilishi mumkin.

“Clip Mouse” litiy-ion batareyaga ega. Loyiha mualliflarining fikricha, noodatiy sichqonchani quvvatlantirmasdan 50 soatgacha ishlatish mumkin. Zaryadlash uchun USB port mavjud.

Yangilik hozircha 59 yevro (taxminan 64 AQSH dollari)ga sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Perks" YouTube kanali egasi Metyu Perks suvda ishlaydigan o‘ziga xos kompyuter yasagandi.


Maqola muallifi

Teglar

komp'yuter Nemis sichqonchalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing