“Tub burilish nuqtasi”: Tramp Eron bilan urush haqida bayonot berdi

Olam

image

Vashington Eron bilan urushda tub burilish bosqichiga yaqinlashmoqda. AQSH Prezidenti Donald Tramp bu borada tez orada muhim qarorni e’lon qilish niyatida. Bu haqda AQSH yetakchisi “Axios” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Oldimda muhim qaror qabul qilish vazifasi turibdi. Men ularga bostirib kirishni va ularni yo‘q qilishni xohlaymanmi yoki yo‘qmi? Bu muhim qaror. Men bilan har qanday narsa yuz berishi mumkin”, degan u va gap “nizoga chek qo‘yishi kerak bo‘lgan” ommaviy zarbalarni qayta boshlash ehtimoli haqida ketayotganiga aniqlik kiritgan.

Oq uy rahbari, shuningdek, Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasi doirasida Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Bahrayn, Kuvayt va Ummon vakillari bilan Eron atrofidagi vaziyatni muhokama qilish niyatida ekanini ma’lum qilgan.

“Men ularning hozirda qaysi mavqeda ekanini va ahvoli qandayligini bilmoqchiman. Biz har doim ular haqida juda g‘amxo‘rlik qilganmiz”, deydi u.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 22-26 sentyabr kunlari BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, Tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi yuqori darajadagi siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi. Donald Tramp 22 sentyabr kuni nutq so‘zlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Eron bilan davom etayotgan urush joriy yilning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan AQSH oraliq saylovlaridan keyin tugashini aytgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing