TTZdan “Beruniy” metrosigacha yangi avtobus yo‘nalishi ish boshladi
Jamiyat
−
11:49 1301 1 daqiqa
Toshkent shahrida 79-sonli yangi avtobus yo‘nalishi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 18 avgustdan boshlab 79-sonli “TTZ ASHB – Beruniy metrosi” yangi yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Harakat yo‘nalish sxemasi:
- “TTZ ASHB” bekati
- Yuzrabot ko‘chasi
- Feruza ko‘chasi
- Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi
- Shohimardon Mo‘minov ko‘chasi
- Ziyolilar ko‘chasi
- Kichik halqa avtomobil yo‘li (KHAY)
- Farobiy ko‘chasi
- “Beruniy metrosi” bekati
Qayd etilishicha, mazkur yangi yo‘nalishdagi avtobus qatnovining ish vaqti har kuni soat 05:30 dan 23:00 gacha.
Boshqarmaga ko‘ra, yo‘nalishda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish huquqi “Ideal Auto Service” MCHJga biriktirilgan bo‘lib, zamonaviy talablarga javob beradigan 8 dona yangi o‘rta sig‘imli Yutong avtobuslari biriktirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq avtobusda yo‘lkira haqini to‘lamasdan yurgan yo‘lovchilar uchun jarima miqdorini sezilarli darajada oshirish taklif qilingandi. Unga ko‘ra, qoidani ilk bor buzgan shaxsga 220 ming so‘m, ushbu holat takrorlangan taqdirda esa 440 ming so‘mgacha jarima qo‘llash nazarda tutilmoqda.
Live
Barchasi